Fuqarolik jamiyati tashkilotlarining ishchi guruhi
Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish bo'yicha

Yangi ittifoqchilar izlanmoqda: Varshavadagi konferensiyada inson huquqlari sohasidagi eski mexanizmlar inqirozi muhokama qilindi

Inson o‘lchovi bo‘yicha xalqaro konferensiyada Qozog‘istonlik huquq himoyachilari alohida sayt-ivent o‘tkazib, unda xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan hamkorlik masalasini ko‘tardilar hamda Markaziy Osiyo davlatlarining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida inson huquqlari va fuqarolik jamiyatini ilgari surish yo‘llarini muhokama qilishdi.

9-oktabr kuni Varshavada Finlyandiyaning YEХВ (OBSE)dagi raisligi va Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byuro (ODIHR) ko‘magida o‘tkazilgan yillik Inson o‘lchovi bo‘yicha konferensiya doirasida «Ochiqlik va xavfsizlikni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro tashkilotlar orqali inson huquqlari va fuqarolik jamiyatini ilgari surish» nomli alohida sessiya bo‘lib o‘tdi. Sayt-ivent tashkilotchilari – Qozog‘iston Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro byurosi va Markaziy Osiyoning Barqaror rivojlanish bo‘yicha NNT ishchi guruhi bo‘ldi. Sessiyani Byuroning bosh ekspert-maslahatchisi Yevgeniy Jovtis olib bordi.

Yig‘ilishni ocharkan, qozog‘istonlik huquq himoyachisi joriy yilning 1-avgustida nishonlangan muhim sana – 50 yil avval, 1975-yilning aynan shu kuni Xelsinkida o‘tkazilgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha kengashda mashhur Xelsinki yakuniy akti qabul qilinganini eslatdi. Hujjat uch «savatcha»dan iborat bo‘lgan: birinchisi – xalqaro xavfsizlik, ikkinchisi – iqtisodiy hamkorlik, uchinchisi esa – inson huquqlari va fuqarolik erkinliklari.

– Uch savatchaning ichida eng muhimi uchinchisi edi, chunki huquq ustuvorligi va davlatlarning inson huquqlariga rioya qilmasligi sharoitida global xavfsizlik ham, iqtisodiy rivojlanish ham, davlatlararo hamkorlik ham mumkin emas, – dedi Yevgeniy Jovtis.

Bugungi holatga to‘xtalar ekan, Jovtis BMT, PACE va OBSE kabi xalqaro tashkilotlar huquq ustuvorligi zaiflashib, antidemonkratik tendensiyalar ustun bo‘lgan mamlakatlarda inson huquqlari vaziyatiga ta’sir o‘tkazish borasida samaradorlik inqirozini boshdan kechirayotganini qayd etdi. Qozog‘istonlik huquq himoyachilarining ta’kidlashicha, fuqarolik jamiyati tashkilotlarining inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha advokatsiya faoliyati tobora samarasiz va ko‘ngilsiz natijalar bermoqda.

– Shu bilan birga, so‘nggi yillarda inson huquqlari, fuqarolik faolligi uchun makonni asrash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari rivojlanish banklari va rivojlanish, ochiqlik hamda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan tashkilotlar hujjatlarida tobora ko‘proq aks etmoqda. Shu munosabat bilan Markaziy Osiyodagi fuqarolik jamiyati tashkilotlari va ochiq jamiyatni qo‘llab-quvvatlash fondlaridagi hamkorlarimiz bilan birgalikda inson huquqlari va fuqarolik jamiyatini ilgari surishni asosiy maqsad qilgan Barqaror rivojlanish bo‘yicha ishchi guruhni tuzdik, – dedi Yevgeniy Jovtis.

U, shuningdek, Ishchi guruh a’zolari Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankining hujjatlarini tahlil qilib, ularda mintaqadagi inson huquqlari holati, shuningdek, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘z zimmasiga olgan majburiyatlar qanday aks etgani o‘rganilganini ma’lum qildi.

– Bu tashabbus mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi, degan umidimiz katta, – deya xulosa qildi huquq himoyachisi.

Inson huquqlari bo‘yicha byuro direktori Denis Jivaga Markaziy Osiyo huquq himoyachilari va xalqaro moliyaviy institutlari o‘rtasidagi muloqotning ahamiyatiga e’tibor qaratdi. Uning fikricha, so‘nggi yillardagi siyosiy vaziyat inson huquqlari bo‘yicha real holat yaxshilanishiga oz umid qoldiradi, biroq bu mavzudagi muloqot imkonli ham, zarur hamdir. Bundan tashqari, vaziyatni yaxshilashga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan konstruktiv qarorlarni ilgari surish imkoniyatlaridan ham foydalanish lozim.

Bizning hamkorlar